Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FOLKLOR – QADRIYAT, MILLIYLIK BELGISI

×

 2023-06-15 16:49:03    211

PDF yuklash
Chop etish


Folklor san'ati barcha san'at turlarining boshlanishi, sarchashmasidir. U barcha san'at turlari bilan uyg’unlikka ega. Shunig bilan birga ularga o’xshamaganligi bilan ajralib turuvchi san'at turidir. O’zbek folklor san'atini o’raganar ekanmiz bevosita unig naqadar qadimiy va boy tarixga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz.


Tumanimiz ham o’z qadriyatlari va an'analari, madaniyati, shuningdek o’z san'atkorlariga va o’z folkloriga ega.


“Jiyda guli” folklor etnografik dastasi o’z faoliyatini 2010 yilda boshlagan. Folklor jamoasiga Muhammadjon G’ofurov va Arofatxon To’raboyeva asos solishgan.


Jamoaning nomlanishiga alohida to’xtalib o’tish joiz. Dasta dastlab “Nihol” nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik ushbu dasta rivojlanishi natijasida (ya'ni jamoaning nomi niholning unib-o’sib katta bir daraxtga, ya'ni jiyda daraxtiga aylanishiga qiyoslangan) 2017 yildan boshlab, “Jiyda gullari” folklor-etnografik dastasi nomi bilan yuritilib, ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Jamoa a'zolari 15 nafar bo’lib, yil davomida o’tkazilib kelinadigan turli ko’rik-tanlovlar: xususan Marg’ilonada o’tkazilgan folklor festivalida, Qo’qonda bo’lib o’tgan xunarmandlar festivalida tuman, viloyat miqyosidagi tanlovlarda, tadbirlarda, sayllarda muntazam ishtirok etib, ko’pchilik tomonidan alohida e'tirof etilib, bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda. Yana shuni ta'kildlash joizki, jamoa turli xil tadbirlrada, to’y-marosimlarda, xashamlarda ishtirok etib, o’z ijod namunalari folklor qo’shiqlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan. Har yili keng miqyosda nishonlanadigan Navro’z bayramida o’z repertuarlari bilan qatnashib, xalqimizni mamnun qilib kelmoqdalar.


Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishim joizki, bizning urf-odat, marosim va qadriyatlarimiz folklor san'atimizda jamlangan. Folklorga san'atiga bo’lgan e'tibor ko’p hududlarda yo’qolib bormoqda. Musiqa maktablarida folklorga umuman ahamiyat berilmay qo’ygan. Folklor san'ati to’laligicha faqatgina Surxondaryodagina saqlab qolingan. Vaholanki, folklor bizning milliyligimiz. Agar u yo’q bo’lib ketsa, u bilan asl qadriyatlarimiz, an'anlarimiz, o’zligimiz yo’qoladi.


Nozima SOBIROVA,

O’zbekiston Davlat konservatoriyasi 2-bosqich talabasi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram