Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SOG’LOM BOLA –SOG’LOM HAYOT

×

 2023-06-10 16:45:08    206

PDF yuklash
Chop etish


  21-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog’lomlashtirish oyligini va ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida tuman seminari bo’lib o’tdi.


Seminarda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va hamshiralari ishtirok etishdi. Seminarni tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari Xonzodaxon Sarimsaqova ochib, bugungi tadbir mohiyati haqida gapirdi.

Tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar seminarga ko’tarinkilik ulashdi.


Guruhlar kesimida bolalar bilan ishlashda qanday qo’shimcha ko’nikmalardan foydalanish, eng avvalo ularni sog’lom muhitda tarbiyalash, yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish bo’yicha amaliy ko’rgazmalar tashkil etildi.


  Tashkil etilgan seminar har bir ishtirokchi uchun mahorat maktabi vazifasini o’tadi. Seminardan olingan nazariy va amaliy bilimlarni ta'lim joylarda qo’llash bo’yicha tavsiyalar berildi.


YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram