Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


​​ALIMENT EVAZIGA UY XADYA ETILDI

×

 2023-06-07 19:41:39    223

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda MIB Yozyovon tuman bulimi tomonidan fuqarolarning har bir murojaatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson bor, uning dardu tashvishi mujassam.

Jumladan,bo’lim boshlig’i A.A.Sattarov tomonidan “Ishonch telefoni” va yuqori turuvchi organlarga ko’plab murojaat yo’lovchi fuqaro Sh.S.ning murojaatlarini o’rganish maqsadida qarzdorning yashash xonadoniga borib tushuntirish ishlari olib borildi.

Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 08.02.2021 yildagi. qarzdor X.U.dan undiruvchi S.Sh.foydasiga uch nafar farzandlarining moddiy ta'minoti uchun qarzdor daromadlaarining 1/2 qismi miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Yozyovon tumani bo’limi ish yurituviga 11.02.2021 yilda kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida hamkor tashkilotlarda “MIB-Portal” dasturi orqali so’rovnomalar yuborilgan bo’lsada, olingan ma'lumotlarga ko’ra qarzdorning mol-mulki aniqlanmagan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan aliment to’lashdan bo’yin tovlab kelganligi sababli, undiruvchi Sh.S. tomonidan “Ishonch telefon”lari va yuqori turuvchi organlarga bir necha bor aliment undirilishi yuzasidan murojaatlar yo’llangan.

Undiruvchining murojaatlarini o’rganish davomida, qarzdor U.Xatamovning aliment to’lovidan bo’lgan qarzi 5,8 mln. so’mni tashkil etishi aniqlanib, mazkur qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorning yashash manzili Yozyovon tumani tumanida joylashgan uyga 18.05.2023 yil kuni borilib, qarzdorning moddiy yashash ahvoli o’rganilgan.

Olib borilgan tushuntirishlar natijasida, qarzdorning otasi N.X. tomonidan o’ziga tegishli bo’lgan Yozyovon tumani”Markaziy Fargona” ko’chasida joylashgan yer uchastkasi hududidan 10 sotix yer maydonini 2 xona uyi bilan aliment qarzdorligi va oldindan to’lovi uchun kelini Sh.S.ga xadya qilinishiga erishildi.

O’tkazilgan tadbirga Yozyovon tumani kadastr bo’limi vakillari, Markaziy Farg’ona MFY faollari jalb etilib, xovli-joyning o’lchash ishlari undiruvchi Sh.S. ishtirokida amalga oshirildi.

Joriy yilning 5 iyun kuni N.X. va Sh.S.lar o’rtasida xadya shartnomasi tuzilib, Yozyovon tumanidagi xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusi J.Abdullayev tomonidan notarial tartibda tasdiqlandi.

MIB Yozyovon tuman bo’limi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram