Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YO’Q QILINMOQDA
2023-06-06 05:56:57 193
Joriy yilning 2 iyun kuni Majburiy ijro byurosining Farg’ona viloyati boshqarmasi Farg’ona shahar bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda, Toshloq tumanida joylashgan markaziy utilizatsiyada mufilniy pech yordamida yo’q qilish tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Majburiy ijro byurosi Farg’ona shahar bo’limi, Mol-mulkni olib qo’ygan organ vakili, Farg’ona shahar SEOJS, Farg’ona shahar ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish bo’limi xodimlari va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, jami 4 ta ijro hujatlari bo’yicha daliliy ashyo tariqasida olingan 500 dona "Tropikamid 10 ml Deystvuyushis veshestvo" yozuvli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi, 400 dona "Culofan Zalepon Zapelon kapsulы 10 mg"nomli dori vositasi, 220 dona "Benzonal Benzobarbital 100 mg" dori vositasi, 4500 dona "Ampitsillin+Sulbaktam 1,5g" nomli dori vositasi, 640 dona "Geparin 5 ml" nomli dori vositasi hamda 7 turdagi 1854 dona tibbiyot vositalari tegishli tartibda komissiya a'zolari ishtrokida sud qarorlariga asosan mufilniy pech yordamida yo’q qilinishi ta'minlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram