Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2022-yil 2-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
2022-09-16 22:48:37 286
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2022- yil 7-fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-54-9-11-165-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27, 29 - bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
- Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 7 fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-54-9-11-165-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 26- bandiga asosan 2022-yil
2 chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri S.Mirzayevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. - Mazkur qaror bilan quyidagilar:
- 2022-yil 2-choragida “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoni natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1 va 2-ilovaga muvofiq;
- 2022-yil 2-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
- 2022-yil 2-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimligi moliya bo‘limi (S.Mirzayev), Oila va xotin-qizlar markazi (B.Usmonova), Mahallabay ishlash va Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, (E.Jumayev) Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (U.Dexqonov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda joriy yilning iyul-avgust oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
- Tuman hokimligi moliya bo‘limi (S.Mirzayev), tuman hokimligi axborot xizmati (A.Xudoyqulov) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha Kengashga ma’lumot kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (I.Sheraliyev), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (A.Eraliyev) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi D.Djalilov