Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 54 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

×

 2022-10-21 09:24:56    254

PDF юклаш
Чоп этиш


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 - yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari Mirzoxid Xatamov, Saidaxon Usmonoval hamda tumandagi faxriy ijodkor ustozlar, umumta’lim maktablarining til adabiyoti fani o‘qituvchilari va adabiyotga mehr qo‘ygan o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar. 
Bugungi tadbirda 16 – umumta’lim maktabining iste’dodli o’quvchilari tomonidan ona tilimizga bag’ishlangan she’r va badiiy chiqishlar va  28 – bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar, diltortar taronalar namoyish etildi. Tadbir davomida namoyish etilgan har bir chiqishlar insonni o’ziga rom etib, o’zgacha huzur baxsh etdi. 
29 – umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchisi Dilshodbek Masobirov ishtirokchilar o’zbek tili tarixi va bugungi kundagi roli haqidagi ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlar tadbir ishtirokchilariga yangicha ma’lumotlar ulashdi.

YOZYOVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI