Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHI QARORI
2022-05-23 20:00:50 392
Qaror loyihasi
XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHI
Q A R O R I
2022 yil № Yozyovon tumani
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida» gi 2012- yil 16-oktabrdagi 295- sonli qaroriga muvofiq tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida_
Yozyovon tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha xududiy kamissiyaning 2022- yil 20 maydagi bo‘lib o‘tgan yig'ilishida ko‘rib chiqilgan masalaga asosan tumanda 12 ta yani: Qatortol, Yangiobod,Yangibo‘ston, Istiqlol, Qorasoqol, Xonobod, Guliston, Markaziy Farg‘ona, Yozyovon, Qoratepa, Ishtirxon, Mustshksm do‘stlik MFYlar aniqlandi va ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi davlat reestriga kiritilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu masalani tuman hokimligi huzuridagi komissiya qayta ko‘rib chiqishi va muhikama qilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligidan ekspertizadan o‘tkazib berishida amaliy yordam so‘ralganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shu munosabat bilan mazkur masala tuman hokimligi huzuridagi komissiya ishtirikida qayta ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi, hamda ilovaga muvofiq taqdim qilingan 12 ta MFY nomlari komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 295-sonli qaroriga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman xududiy komissiyasining 2022- yil 20 maydagi № sonli bayonida keltirilgan takliflarni inobatga olgan holda Xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Yozyovon tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha xududiy kamissiyaning 2022- yil 20 maydagi bo‘lib o‘tgan № sonli yig‘ilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin.
- Tumandagi 12 ta MFY nomlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tuman filiali rahbari N.Imomatovga:
Mazkur 12 ta MFY nomlarini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligidan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
- Qaror ijrosini ta’minlash uchun tuman hokimining maslahatchisi N.Obidova mas’ul etib belgilansin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.