Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PRESS TUR VA MATBUOT ANJUMANI
2023-08-23 17:38:48 216
JURNALIST VA BLOGERLAR TEGIRMONBOShIDA
O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasining topshirig’iga asosan respublikamiz bo’yicha 14 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida "Obod xonadon", "Obod ko’cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Farg’ona viloyati bo’yicha esa faqatgina Tegirmonboshi MFYda yuqoridagi mezonlar asosida ishlar olib borilayotgani biz uchun quvonarli.
Bugun ushbu mahallada amalga oshirilgan va bajarilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida respublika OAV vakillari, viloyatdagi jurnalist va blogerlar tashrif buyurishdi.
Mahalla ko’chalarida, xonadonlarida hozirgacha qator ishlar amalga oshirilgan bo’lib, kelgan odamni quvontiradi.
Mehmonlar mahallaning Amir Temur ko’chasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshladilar.
Bu ko’chadagi yangi lotok ariqlar, yangi o’rnatilgan tayanchlar, 50 yil avval qurilgan ko’p qavatli uylarning oqava suv (kanalizatsiya) tarmog’iga ulanganligi, mahalla guzari yonidagi vorkaut maydonchasi mehmonlarda qiziqish uyg’otdi.
Jurnalist va blogerlar mahalladagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'mirlash ishlari bilan tanishdilar. Binoda joylashgan ichki sanitar xonalar buzilib, yangi qurilmoqda. Tashqi fasad qismi zinalaridagi tutqichlar yangisiga almashtirildi. Isitish tizimini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mahalla ma'muriy binosi qayta qurilyapti. Binoning tom qismini yopish nihoyasiga yetyapti.
Mahalla binosiga tutash binoda tikuvchilik tsexi tashkil etish uchun tashabbuskor “Argolid” MChJ tadbirkori tomonidan tikuv mashinalari keltirildi. Mahalladagi ishsiz ayollar o’rtasida targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Tsex ishga tushish arafasida. Tsexga asosan “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlaridagi ishsiz ayollar qabul qilinayotgani jurnalist va blogerlarni e'tiborini tortdi.
Mahallada yashovchi Adhamjon Rahimov kunlik ishga chiqib, ro’zg’or tebratadi. Ishchi guruh tomonidan bu xonadonga zamonaviy xojatxona qurish va uy atrofini o’rash uchun shlakablok berildi. Shuningdek bu fuqaroga qo’shimcha daromad topishi uchun 20 ta qurilish shotisi (leso) beriladigan bo’ldi. Jurnalist va blogerlar bu xonadonda bo’lishdi. Xonadon sohibi shukonalik bilan yordamlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mahallada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qurilish shtabida tuman hokimi o’rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.
Matbuot anjumanini tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov ochib, bugungi tadbir mavzusi haqida gapirib, so’zni tuman hokimining birinchi o’rinbosari Akramjon Eraliyevga berdi.
–Tegirmonboshi MFYdagi loyihalarni amalga oshirish uchun Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 1 milliard, viloyat hokimligi tomonidan 1,5 milliard so’m mablag’ ajratilgan, – dedi birinchi o’rinbosar.
Shuninglek A.Eraliyev amalga oshirilgan ishlar, qilinayotgan loyihalar bo’yicha jurnalist va blogerlarga atroflicha axborot berdi.
“Yangi O’zbekiston” gazetasining viloyatdagi muxbiri Rasuljon Kamolov mahallaning o’sish nuqtasi, “Hurriyat” gazetasining Farg’ona vodiysi bo’yicha muxbiri Sherzod Qoraboyev hududagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining qachon ishga tushishi, “Effekt.uz” muxbiri Hamidjon Ahmedov qilingan asfalt, suv, suvoqava inshootlarini saqlash, viloyat televideniyesi muxbiri To’xtasin Hatamovning xalqimiz kayfiyati bo’yicha bergan savollariga javoblar olishdi.
Tegirmonboshiga tashrif buyurgan ijodkorlar amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun bo’lishib, ishlar to’liq yakuniga yetgach, yana kelishlarini bildirishdi.
YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram