Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHI QARORI

×

 2022-05-23 20:00:50    394

PDF yuklash
Chop etish


Qaror loyihasi

 

                 XALQ  DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHI

Q A R O R I

 2022 yil                                   №                                      Yozyovon tumani

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi  ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida» gi  2012- yil 16-oktabrdagi  295- sonli qaroriga muvofiq tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida_

       Yozyovon  tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha xududiy kamissiyaning 2022- yil 20 maydagi bo‘lib o‘tgan  yig'ilishida ko‘rib  chiqilgan masalaga asosan tumanda  12 ta yani: Qatortol, Yangiobod,Yangibo‘ston, Istiqlol, Qorasoqol, Xonobod, Guliston, Markaziy Farg‘ona, Yozyovon, Qoratepa, Ishtirxon, Mustshksm do‘stlik MFYlar aniqlandi va ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi davlat reestriga kiritilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu masalani  tuman hokimligi huzuridagi komissiya qayta  ko‘rib chiqishi va muhikama qilishi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligidan ekspertizadan o‘tkazib berishida amaliy yordam so‘ralganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu munosabat bilan mazkur masala tuman hokimligi huzuridagi komissiya ishtirikida qayta ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi, hamda ilovaga muvofiq taqdim qilingan 12 ta MFY nomlari komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.        

           O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 295-sonli qaroriga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman xududiy komissiyasining 2022- yil 20 maydagi №      sonli bayonida keltirilgan takliflarni inobatga olgan holda Xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashi 

QAROR QILADI:

  1. Yozyovon  tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha xududiy kamissiyaning 2022- yil 20 maydagi bo‘lib o‘tgan  №  sonli  yig‘ilish bayoni  ijro uchun qabul qilinsin.

 

  1. Tumandagi  12 ta MFY nomlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tuman filiali rahbari N.Imomatovga:

Mazkur 12 ta MFY nomlarini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston  Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligidan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.

  1. Qaror ijrosini ta’minlash uchun tuman hokimining maslahatchisi N.Obidova  mas’ul etib belgilansin.
  2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.