Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLINI RO‘YXATGA OLISH - UZOQ MUDDATLI VA KENG QAMROVLI JARAYONDIR
2021-12-27 14:57:54 423
Barchamizga ma’lumki Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish” borasidagi dasturi doirasida aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli
“ O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur xujjatlarga asosan respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘xatga olish o‘tkaziladi.
Aholini ro‘yxatga olish kompaniyasi uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir. Unda aholi sonining aniq xisoblab chiqilishi, xisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, millati, oilaviy ahvoli,ma’lumoti, fuqaroligi, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, uy-joy fondi df ijtimoiy-iqtisodiy xusussiyatlari bo‘icha yakka tartibda xisobga olishni o‘z ichiga olgan.
Aholini ro‘yxatga olish kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ro‘rsatkichlarini xisoblash uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘xatga olish 2023- yil 1-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
1 — 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);
6 — 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);
11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda (3 yilga yaqin davrda) siyosiy tadbirga tayyorgasrlik ko‘riladi;
Ikkinchi bosqich (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrda) bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayoni amalga oshiriladi;
Uchinchi bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda) aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, uni avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlash, aholini ro‘yxatga olishga doir dastlabki natijalarni t’lon qilish va tarqatish.
Xukumat qarori mazmun-mohiyati va maqsadini keng targ‘ib qilish va rejalashtirilgan ishlarni trizimli amalga oshirishda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, joylardagi statistika bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirida barcha yurtdoshlarimiz faollik ko‘rsatadilar degan umiddamiz.
A.ARAPOV,
tuman statistika bo’limi boshlig’i.