Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi

 2023-04-11 15:14:28    767

PDF yuklash
Chop etish


Yuqoridagi topshiriqqa asosan, Yozyovon tumanida qo‘shimcha 4 ta mahalla bo‘yicha 14 ming nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi. Tumanda sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.
◀️Jumladan, birinchidan, Yozyovon tuman Ishtirxon Oilaviy shifokorlar punkiti binosini joriy tamirlash uchun 930 mln.so`m, ikkinchidan, Yozyovon tuman 2-sonli umumiy o`rta talim maktabini moddiy texnika bazasini yangilash uchun 700 mln.so`m, uchinchidan, Yozyovon tumani 22-sonli maktab sport zalini mukammal tamirdan chiqarish uchun 1 mlrd 200 mln.so`m, to`rtinchidan, Yozyovon tuman Tibbiyot birlashmasi tizimidagi Qotortol OSHP binosini tamirlash uchun 830 mln.so`m, jami 4 ta shartli g`olib bo`lgan loyihalarga qo‘shimcha mablag‘ ajratish nazarda tutilmoqda.    
☑️Natijada, tumanimizdagi 2 ta maktab va 2 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 3 mlrd 660 mln.so`m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.