Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

×

 2022-09-16 22:50:59    1012

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2022- yil 7-fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-54-9-11-165-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27, 29-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Kengashi

Q A R O R Q I L A D I:

  1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 7 fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-54-9-11-165-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27- bandiga asosan 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri S.Mirzayevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
  3. 2022-yil 1-choragida “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoni natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1 va 2-ilovaga muvofiq;
  4. 2022-yil 1-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
  5. 2022-yil 1-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  6. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (S.Mirzayev), Oila va xotin-qizlar markazi (B.Usmonova), Mahallabay ishlash va Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, (E.Jumayev) Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (U.Dexqonov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
  7. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (S.Mirzayev), tuman hokimligi axborot xizmati (A.Xudoyqulov) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha Kengashga ma’lumot kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
  8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (I.Sheraliyev), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (A.Eraliyev) zimmasiga yuklatilsin.

 

 Tuman hokimi                   D.Djalilov