Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to‘g‘risida
2022-04-22 17:21:06 417
2022 йил «7» февраль VI-54-9-11-165-K/22 Ёзёвон туман хокимлиги
Mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi ustidan nazoratni ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashi
Q A R O R Q I L A D I :
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatini Kengashining 2022 yil 26 yanvar kungi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-302-IV-sonli Qarori ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
- “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ushbu mablag‘lar hisobidan aholining eng dolzarb muammolar yechimini moliyalashtirishni yanada kengaytirish bo‘yicha tuman hokimligi moliya bo‘limining 2022 yil 7 yanvar kungi 01/06-32/5-sonli taklifi maqullansin.
- Tuman mahalliy budjeti mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning to‘ldirilgan yangi tahriri ilovaga muvofik tasdiqlansin.
- Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashining 2021 yil 25 apreldagi "Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to‘g‘risida"gi VI-XXVIII-175-sonli qarori bekor qilinsin.
- Tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Xudoyqulov) hamda “Markaziy Farg'ona” gazetasi taxririyatiga:
- tuman hokimligi Moliya bo‘limini mudiri S.Mirzayevning jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali hamda tuman hokimligining internetidagi rasmiy veb-sayti orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Maxalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Sheraliyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Djalilov D. T.