Yuqori natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi








Quva tumanida 2024–2025 oʻquv yili yakunida umumiy oʻrta ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlagan 3032 nafar oʻgʻil-qizdan 78 nafari oltin, 17 nafari esa kumush medal bilan maktabni bitirdi. Bugun tuman hokimligida mazkur yoshlarga tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Quva tumani hokimi oʻrinbosari Ulugʻbek Solijonov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Rustamjon Nodirov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri Dadajon Yunusov, maktab direktorlari, ustozlar, bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tantanali marosimda soʻzga chiqqanlar medal sohibi boʻlgan oʻquvchilarning bilimga intilishi, fidokorligi va mehnatsevarligini alohida e’tirof etishdi. Ta’lim tizimidagi islohotlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar ana shunday yutuqlarning asosi boʻlayotgani ta’kidlandi.
Ushbu mukofotlar yoshlarning faqat oʻqishdagi muvaffaqiyatlari emas, balki ularning hayotdagi faol pozitsiyasi va jamiyatdagi munosib oʻrnini ham aks ettiradi. Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari ham minnatdorchilik bildirishdi.
Taqdirlash marosimi yoshlarga katta ruhiy koʻtarinkilik bagʻishlab, kelgusida yangi marralar sari intilish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР