Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
75
12
103 / 20.07.2025

Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111412580.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111413775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111418555.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111419750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111422140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111425725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111426920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094736111426920.jpg

Quva tumanida ekoturizmni rivojlantirish, hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va sayyohlar uchun zamonaviy, ekologik toza dam olish maskanlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim loyihalardan biri — Karkidon suv ombori hududida tashkil etilayotgan ekoturizm kompleksi bo‘lib, bugungi kunda mazkur loyiha tuman Kengashi deputatlari tomonidan ham yaqindan o‘rganildi.

Tashrif doirasida deputatlar Karkidon suv ombori atrofidagi 250 gektar maydonda amalga oshirilayotgan “Yashil belbog‘” va “Sokin hudud” loyihalari, yangitdan qurilayotgan 57 ta dam olish maskanlari, shuningdek, mavjud 26 ta dam olish maskanlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, mehmonlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mehmonxona, umumiy ovqatlanish joylari hamda ekobozor tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, fikr va takliflarini bildirishdi.

Deputatlar ushbu tashrif doirasida loyihalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eng asosiysi — Quva tumanini turizm xaritasidagi muhim nuqtaga aylantirishdagi o‘rnini alohida ta’kidlashdi.

Shuningdek, ekologik barqarorlik, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va aholining dam olish madaniyatini shakllantirishda bu kabi loyihalarning ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.

Tashrif yakunida tuman Kengashi deputatlari loyihalarni amalda to‘liq ro‘yobga chiqarishda mutasaddi tashkilotlarga o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi hamda ushbu tashabbuslar Quva tumani kelajagi uchun muhim o‘rin tutadi, degan xulosaga kelishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz