Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
75
12
292 / 21.07.2025

Qonunchilikdagi yangiliklar

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542511115265.jpg

Nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash yo'nalishida yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori (VMQ-405) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilib, ularni ish joylariga moslashtirgan tadbirkorlik sub'ektlariga ularning xarajatlarini qoplash maqsadida 50 million so'mgacha subsidiya ajratiladi.

Agar korxonada kamida 5 nafar II-guruh eshitish yoki so'zlash muammosi bo'lgan nogironligi bo'lgan shaxs bo'lsa, surdotarjimon xizmatlari uchun subsidiya ajratiladi (Bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari).

10 nafar I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxs ishlayotgan korxonalarga psixolog yollash uchun subsidiya beriladi (BHMning 10 baravari).

I-guruh ko'zi ojiz yoki nogironlar aravachasida harakatlanuvchi shaxslar uchun hamrohlik xizmatlari tashkil etiladi (BHMning 5 baravari).

Nogironligi bo'lgan shaxsni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub'ektlariga — 500 million so'mgacha subsidiya ajratiladi.

Bunda, har bir ishga qabul qilingan nogironligi bo'lgan shaxs uchun 3,4 million so'm subsidiya beriladi.

Bularning barchasi aniq shartlar asosida amalga oshiriladi. Ya'ni:

Tadbirkor elektron reyestr orqali nogironligi bo'lgan shaxsni ishga qabul qilgan bo'lsa;
Agar nogironligi bo'lgan shaxs ushbu korxonada kamida 3 oy davomida rasman ishlagan bo'lsa;
Nogironligi bo'lgan shaxsga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda ish haqi to'langan bo'lsa.

Zafariddin Zafarov - So'x tuman “Inson” IXM nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash bosh mutaxassisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz