“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi








Yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli va samarali o'tkazish, ularni ijobiy faoliyatga yo'naltirish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakat bo'ylab “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida So'x tumani Sayrikanda mahallasida ham qator amaliy ishlarga qo'l urilmoqda. Jumladan, mahallada sportning mini-futbol turi bo'yicha yoshlar o'rtasida “Mahalla kubogi” musobaqasiga start berildi. Musobaqada mahalla yoshlari jamoalar tarkibida ishtirok etib, bellashuvlarga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda.
Bunday sport tadbirlari yoshlar salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamoaviylik va sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalla yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanovning so'zlariga ko'ra, tadbir mahalla yoshlari orasida katta qiziqish uyg'otgan bo'lib, ular musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. Mahallada yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning sportga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida bundan keyin ham turli yo'nalishlarda tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР