Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
75
12
320 / 21.07.2025

So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091066790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091075155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091087105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091096665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091107420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091115785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091143270.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094542091151635.jpg

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari hamda ichki xo'jaliklararo qishloq avtomobilь yo'llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan So'x tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunlarda So'x tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan Sayrikanda mahallasidagi “Anorbog'” ko'chasida asfalьtlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Korxona rahbari Oxonjon Oxonjonovning ta'kidlashicha, mazkur qaror mahallalardagi ichki yo'llarni to'liq inventarizatsiya qilish, ularni ta'mirlash va asfalьtlashtirish orqali aholi uchun qulay transport infratuzilmasini yaratishga qaratilgan. So'nggi yillarda asfalьtlanmagan va og'ir holatda bo'lgan ko'chalar bosqichma-bosqich ta'mirlanmoqda.

Xususan, Sayrikanda mahallasida jami 3 ta — “Baliqchi”, “Gulirayhon” va “Anorbog'” ko'chalari asfalьtlashtirish dasturiga kiritilgan bo'lib, ularning umumiy uzunligi 1 090 metrni tashkil etadi.

Yo'llarning ta'mirlanishi natijasida aholi uchun kundalik harakatda qulayliklar yaratiladi, favqulodda xizmat mashinalarining kirib borishi osonlashadi, shuningdek, mahallada sanitariya-gigiyena holati ham yaxshilanadi.

Mazkur ishlar bosqichma-bosqich tumanning boshqa mahallalarida ham davom ettirilishi ko'zda tutilgan.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz