Farg‘ona tumanida ertaklar olamiga sayohat: kichkintoylar bilan samimiy uchrashuv



Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 3-son Davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti (DMTT) katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan "Bola quvonchi — olam quvonchi" loyihasi doirasida "Ertaklar yaxshilikka etaklar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda jajji bolajonlar kattalar tomonidan aytilgan ertaklarni eslab, ularni samimiyat bilan so‘zlab berdilar. Jumladan, “Qizil qalpoqcha”, “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq” kabi xalq va adabiy ertaklar bolalar tilidan yangradi.
Tadbir davomida bolajonlar ertak qahramonlari orqali yaxshilik va yomonlikni ajratish, ezgulik sari intilish kabi muhim hayotiy tushunchalarni o‘zlashtirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР