Dang‘ara tumanida 2025 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida "Dolzarb 45 kunlik"








🔷Dang‘ara tumanida 2025 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida "Dolzarb 45 kunlik"da belgilangan vazifalarni ijrosi hamda takroriy maydonlarga kartoshka ekish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
🔷Seminarda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, Respublika paxtachilik kengashi a’zosi viloyat hokimi vakili P. Sayfutdinov, paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari paxta-to‘qimachilik klasteri hamda qishloq xo‘jaligi majmui tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
🔷Abduraxmon Zamidor fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan seminarda 2025 yil paxta hosili uchun parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar fermer xo‘jaliklar kesimida muhokama qilib o‘tildi.
🔷Seminar davomida kultivatsiya qilish, suvga kelgan maydonlarni sharbat usulida sug‘orish, oziqlantirish, chekanka qilish, biostimulyatorlar sepish, sojean bilan ishlov o‘tkazish, zararkunanda va hashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
🔷Yig‘ilish so‘ngida viloyat hokimligi ishchi guruxlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring bo‘yicha muhokama o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shartli muddatlar belgilab, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlar va fermer xo‘jaligi rahbarlarini rasman ogohlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР