Farg‘ona tumanida probasiya nazoratida bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi



Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan probasiya nazoratida bo‘lgan shaxslar bilan jinoyatning qayta sodir etilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida fuqarolarga qonuniy hayot tarziga qaytish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamiyatga moslashish yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi. Mahkumlar rasmiy ravishda ogohlantirildi.
Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda tuzalish yo‘liga o‘tgan 6 nafar shaxs jazodan ozod etildi, yana 2 nafar ahloq tuzatish ishlarida ishtirok etayotgan mahkumning jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
Mazkur chora-tadbirlar jinoyatchilikni kamaytirish, ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish va fuqarolarni huquqiy madaniyatga chorlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР