Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TADBIRKOR BOY BO’LSA, YURT FAROVON BO’LADI!

 2019-11-23 09:41:08    1174

PDF yuklash
Chop etish


TADBIRKOR BOY BO’LSA, YURT FAROVON BO’LADI!

Yozyovon tumani hokimi Y.Boyigitovning tumanimiz tadbirkorlariga

MUROJAATI

Hurmatli yurtdoshlar, ishbilarmon tadbirkorlar!

Yozyovon xalqi tadbirkorligi, ishbilarmonligi bilan tilga tushgan. Fermerlik harakatining qaldirg’ochlari hisoblangan yurtdoshlarimiz bu sohada o’ziga hos maktab yaratdi. Bugungi kunda buni nafaqat viloyatimizda, balki respublikada tan olishmoqda. Bu albatta mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligining samarasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev doimo tadbirkorlar tarafida, ularni qo’llab-quvvatlaydi. Prezidentimiz “Biz bitta ish o’rni yaratgan tadbirkorni boshimizda ko’taramiz”, “Faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilishimiz orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”, deb bejizga aytmaganlar.

Yuqorida aytib o’tdik. Yozyovon tadbirkorlar yurti. Ko’pchilik fuqarolarimiz tadbirkorlik bilan shug’ullanyapti. Shuning bilan birga foydalanilmayotgan imkoniyatlarimiz talaygina. Buyuk Ipak yo’lining katta qismi tumanimiz hududidan o’tadi. Bu tadbirkorlik, ayniqsa servis sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyat. Yoki Yozyovonda ekoturizmni rivojlantirish uchun bor sharoit qo’shni tumanlarda yo’q. Yozyovon cho’llari tabiat yodgorligi, Markaziy Farg’ona suv ombori yo’nalishlariga sayyohlarni jalb qilish mumkin.

Tuman rahbari sifatida tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni qo’llab-quvvatlagan holda ishbilarmon yurtdoshlarimizga yordam berishga tayyorman.

Tadbirkorlarimizning murojaatlari bilan nafaqat qabul kunlari, balki doimo shug’ullanishga tayyorman. Muammolarni qonun doirasida o’z vaqtida so’zsiz hal qilishga kafolat beraman.

Tadbirkor boy bo’lsa, yurt farovon bo’ladi, deb bejiz aytishmagan. Yurtimiz ravnaqi, farovonligiga qo’shayotgan hissangiz beqiyos. Buni ko’rib, bilib turibmiz.

Dunyo hamjamiyatida mustaqil O’zbekistonning barqaror rivoji, ijtimoiy sohalarning uzluksiz qo’llab-quvvatlanishida davlat byudjeti va uni shakllantiradigan soliqlar asosiy rol o’ynaydi. Byudjetning asosiy qismini tadbirkorlarimiz to’laydigan soliqlar tashkil etadi.

Yozyovon tumani respublikamizda paxta tayyorlash shartnoma rejasini birinchi bajargani uchun viloyat hokimligi tomonidan 6 milliard so’m mukofot tarzida ajratildi. Bu mablag’ mahallalarimiz obodligi, ma’naviy maishiy obьektlar qurilishi uchun sarflanadi.

Tumanimizda 389 ta fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatyapti. Endilikda fermerlarimiz eksportbop mahsulotlar yetishtirishni maqsad qilsalar, biz ularga ko’makdoshmiz.

Ilgari byudjet mablag’lari faqat markazdan boshqarilardi. Endilikda unday emas, 2020 yildan boshlab, mahalliy byudjetni shakllantirish tartibi tubdan o’zgaradi. Hududlar o’z sarf-harajatlarini mustaqil ravishda hal qiladi. Shuning uchun mahalliy byudjet daromadlarini oshirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subьektlarini ko’paytirishimiz, bir so’z bilan aytganda g’aznamizni boyitishimiz darkor.

Tadbirkor va ishbilarmon yurtdoshlar!

Sizlar uchun eshiklarimiz hamisha ochiq. Barchamizning maqsadimiz yagona – yurt ravnaqi, yorqin kelajak uchun, farzandlarimizni bundanda bilimli, salohiyatli bo’lishiga o’z hissamizni qo’shaylik!

Murojaat uchun telefonlar:

Tuman hokimi               412-15-18

Tuman prokurori          412-18-32

Tuman IIB boshlig’i        412-12-02

Tuman DSI boshlig’i       412-17-65