Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TERIMCHILAR G’AYRATI XIRMONNI YUKSALTIRMOQDA

×

 2017-10-14 11:28:33    1800

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda dehqonlarmiizning yil bo’yi mashaqqatli mehnati mahsuli-paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, o’z vaqtida, sifatli yig’ib-terib olishga kirishildi.

Toshloq tumanida ham terim otryadlari tashkil etilib, terimchilarga zarur sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. “Zar zamin ziyo”fermer xo’jaligida g’o’zaning “Sulton” navi ekilgan bo’lib, ayni kunlarda yig’im-terim qizg’in pallaga kirgan.

– Mo’l hosilni ko’rib, quvonaman, – deydi fermer xo’jaligi rahbari O’.Usmonova. – Barcha zarur agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida sifatli bajarildi. Tabiiy va mineral o’g’itlar etarlicha berildi. Bunda texnikalarimiz butligi, ish belgilangan tartibda olib borilgani qo’l keldi. Gektaridan o’rtacha 40 tsentnerdan hosil olishni rejalashtirganmiz.

Paxta hosilini yig’ib-terib olishda fermer xo’jaligi a’zolari bilan birgalikda uyushmagan aholi ham faol ishtirok etmoqda. Sayyora  Isomiddinova, Mohira Mo’minova, Gulnora Qoraboeva, Shoira Mo’minova, Hakima Karimova kabi terimchilar ilg’orlikda barchaga o’rnak bo’lmoqda.Bir kilogramm paxta uchun 410 so’mdan haq berilayotgani terim sur’atiga sur’at qo’shmoqda.

-Paxta terimi boshlanganligini eshitib, uyda o’tirolmadik, - deydi Zarkent qishlog’ilik Shoira Mo’minova. – O’z xohishimiz bilan hasharga chiqdik. Har kuni 120-140 kilogramgacha paxta terib, xirmon yuksalishiga hissa qo’shmoqdamiz. Paxta puli o’z vaqtida, naqd berilyapti. Bu oilamizga qo’shimcha daromad bo’lmoqda.

Matn va surat muallifi  Sherzod QORABOEV.